📖Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 5 tashabbus olimpiadasi doirasida oʻtkazilgan "Yosh kitobxon" koʻrik tanlovida shahar bosqichida 32 nafar oʻquvchimiz ishtirok etdi. Oʻquvchilarimizdan 2 nafari viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi. 11.12.2024 kuni viloyat bosqichi Andijon shahrida boʻlib oʻtdi. 70 nafar ishtirokchidan 1-kurs 103-guruh Aniq fan Iqtisod guruhi oʻquvchisi Yaxyoiddinov Mumtozbek Yaxyoiddin oʻgʻli Respublika hakamlar tahsiniga sazovor boʻlib faxrli 2-oʻrinni egallab, litseyimiz shaʼnini himoya qildi. Diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandi. Shunday oʻquvchilarimiz safi kengaysin!