O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan. Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi. π΅ Bayroqdagi moviy rang – uning ostida barcha millatlar turli xil xavf-xatarlardan holi, erkin, ahl-inoq yashab kelayotgan musaffo osmonimiz hamda obihayot ramzidir. βͺ Bayroqdagi oq rang – davlatimiz fuqarolarining o‘zaro hamjihatlikda, bir-birini hurmat qilib, diniy bag‘rikenglik tamoyillari asosida tinch-totuv yashayotganining timsoli. π’ Yashil rang — tabiatning yangilanishi hamda yurtimizning jannatmonand ekanligini anglatadi. Bu rang ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. π΄ Qizil chiziqlar davlatimiz farovonligi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida o‘zaro hamjihatlik bilan hormay-tolmay mehnat qilayotgan yurt farzandlarining vujudida oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir. π Navqiron yarim oy va yulduzlar — tarixiy qadriyatlarimiz, umrboqiy an’analarimiz, ma’naviy kuch-qudratimiz bilan bog‘liq. Hilol qo‘lga kiritilgan mustaqillik, ozodlikni ifodalaydi.