Yangi o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir hamda bilimlar kuni tadbiri Andijon Mashinasozlik akademik litseyimizda o‘tkazildi. Mazkur tadbirda litseymiz direktori Abdulazizov Abdumajid so'zga chiqib o'quvchi-yoshlarni va ularning ota-onalarini mustaqillik bayrami bilan qutladi hamda birinchi bosqichga qabul qilingan o'quvchilarning erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, o‘qishlariga omad tiladi.