Andijon mashinasozlik litseyida kun tonggi badantarbiya bilan boshlandi Litseyimizda an'anaviy tarzda tashkil etilayotgan ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari har safar malakali sportchilar, fidoyi ustozlar tomonidan oʻtkazilmoqda. Bugun, 13-sentabr kuni Andijon Mashinasozlik instituti akademik litseyi talabalarning salomatligini mustahkamlash va ularni barkamol bo'lib voyaga yetishiga ko'maklashish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida tonggi badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi.