Joriy yil 16 ming nafarga yaqin o‘quvchi akademik litseylarga qabul qilindi. Ularning 1 500 nafardan ortig‘i maxsus sertifikatlar bilan tanlovda ishtirok etgan


2024/2025-o‘quv yili uchun akademik litseylarga Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 25–26-iyul kunlari kirish test sinovlari o‘tkazilib, natijalari 1-avgust kuni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra akademik litseylarga jami 15 924 nafar talabgor o‘quvchilikka tavsiya etildi.

Alohida qayd etish lozimki, joriy yil akademik litseylarga o‘tish ball ko‘rsatkichi avvalgi yilga nisbatan o‘rtacha 15-20 ballga ortgan. Shuningdek, o‘quvchilarning 1 500 nafardan ortig‘i maxsus sertifikatlar bilan tanlovda ishtirok etgan.